Info

Requested course is not available in this language at this country server

Type: online

Period: continuously accessible

Price: free

Access from the current date for 60 days.

Education is accessible for financial organizations in the region.

“Mikrokreditlash asoslari” kursi mikrokorxonalarga xizmat ko`rsatish bo`yicha faoliyat yurituvchi moliya muassasalarining xodimlari uchun mo`ljallangan.

Mavzuga oid kurs ma`lumot to`plash, qayta ishlash va tahlil qilish, ma`lumotlarni qayta tekshirish, xulosalarni shakllantirish va mijozning asl (real) moliyaviy holatini baholash kabi mavzular bo`yicha bilimlarni berishga qaratilgan.

Ishtirokchilar ushbu kursni o`qib tugatganlaridan keyin quyidagilarni o`rganadilar:

  • mikrokorxonalarning asosiy xususiyatlarini tushunish, bu ularga biznesni sifatli tahlil qilishda yordam berish;
  • ma`lumotlarni yig`ish va olish uslubuiyatidan foydalanish;
  • tahlil jarayonida olingan Balans, Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot, Cash Flow (Pul Oqimi), koeffitsientlar ma`lumotlarini aks ettirish va qayta ishlash uchun asosiy moliyaviy hisobotlardan foydalanish;
  • mikro segment mijozlarining biznes faoliyatini baholash uchun zarur bo`lgan moliyaviy hisobotlarni: Balans, Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot, Cash Flow (Pul Oqimi) hisobotlarini tuzish;
  • ma`lumotlarning kesishgan tekshiruvini va qiyosiy tahlilni o`tkazish;
  • qarzdorlik monitoringini o`z vaqtida va sifatli o`tkazish.

Kursda mavzularni nazariy bloklar, video va audio materiallar, interfaol animatsiyalar, amaliy misollarni ko`rib chiqish, mavzular bo`yicha o`z-o`zini tekshirish uchun topshiriqlar va darslarda yoritilgan hisobot shakllarini onlayn to`ldirish ko`zda tutilgan.

Kurs 7 ta mavzuni o`z ichiga olgan 12 ta darsdan iborat.Kursning o`rtacha davomiyligi 6-8 hafta. Darslar o`rtacha 45 daqiqalik ish uchun mo`ljallangan. Haftada bir, ko`pi bilan ikkita darsni o`rganish tavsiya etiladi.