Info

Requested course is not available in this language at this country server

Type: workshop

Period: continuously accessible

Price: free

Access from the current date for 60 days.

Education is accessible for financial organizations in the region.

Onlayn praktikum “Mikrokreditlash asoslari” nazariy kursida olingan bilimlarni mustahkamlash uchun moʻljallangan. Praktikumda Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotni tayyorlash bilan solishtirganda Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni (yoki Cash Flow) tayyorlash ko`rib chiqiladi. Praktikumning maqsadi amaliy muammolarni hal qilishda olingan nazariy bilimlarni qo`llashni ishlab chiqishdir.

Ushbu praktikumning asosiy maqsadi Cash Flow hisobotini hisoblash Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotni hisoblashdan qanday farq qilishini, ularni turli misollar asosida ishlab chiqib, yaxshiroq tushunish va o`zlashtirishdir.

Praktikumga kiritilgan barcha topshiriqlar savdo yoki xizmat ko`rsatish sohasida ishlaydigan kichik biznes uchun xos bo`lgan odatiy holatlardir. Vazifalar turli mamlakatlardagi MMPlarni kreditlash amaliyotidan to`plangan real holatlar asosida ishlab chiqilgan.

Barcha topshiriqlardagi pul birliklari shartli va ma`lum bir valyutaga bog`liq emas.

Praktikum 6 ta topshiriqdan iborat. Praktikum yakunida siz o`z-o`zini tekshirish testidan o`tishingiz mumkin. Praktikum “Mikrokredit asoslari” onlayn kursini to`ldirganligi sababli, u uchun o`qishni tugatganligi to`g`risida alohida guvohnoma chiqarilmaydi.

Praktikumni o`tish uchun umumiy vaqt o`rtacha 1,5-2 soatni tashkil qiladi.

Hisob-kitoblar uchun sizga kalkulyatorlar kerak bo`ladi.