Информация

Курс на запрошенном языке не доступен на сервере этой страны

Формат обучения: workshop

Даты мероприятия: доступен постоянно

Стоимость: бесплатно

Доступ с текущей даты на 60 дней.

Обучение доступно для финансовых организаций стран региона.

Onlayn-amaliy dars “Mikrokreditlash asoslari” onlayn-kursida koʻrib chiqiladigan balans va foyda va zararlar haqida hisobot tuzish haqida nazariy mavzularni mustahkamlash uchun moʻljallangan. Olingan bilimlarni amaliy vazifalar yechimlariga qoʻllash amaliy dars maqsadi sanaladi.

Mikro va kichik korxonalarda (MKK) xizmat koʻrsatishga jalb qilingan moliyaviy tashkilotlar xodimlari amaliy darsning maqsadli auditoriyasidir.

Amaliy darsga kiruvchi barcha vazifalar savdo yoki xizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyat olib boruvchi kichik biznes uchun xos namunaviy holatlardir. Topshiriqlar turli mamlakatlarda MKKni kreditlash amaliyotidan toʻplangan real holatlar asosida ishlab chiqilgan.

Ish jarayonida olingan maʼlumotlarni har tomonlama tahlil qilib, kredit mutaxassisi ham moliyaviy tashkilot uchun, ham mijoz uchun maqbul yechim topishi kerak boʻladi. Bundan tashqari, real vaziyatga tushib koʻrib, mijozning barcha xususiyatlari, muayyan biznes tashkiloti va moliyaviy holatning oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda, har bir mijozga alohida yondashuv ishlab chiqish kabi muhim koʻnikma mustahkamlanadi.

Barcha vazifalarda pul birliklari shartlidir va muayyan bir valyutaga ustunlik berilmaydi.

Amaliy dars 7 ta vazifadan iborat. Amaliy dars yakunida test orqali oʻzingizni oʻzingiz tekshirishingiz mumkin. Amaliy darsni yakunlaganlik haqida guvohnoma chiqarilmaydi.

Amaliy darsdan oʻtishning umumiy vaqti oʻrtacha 1,5-2 soatni tashkil etadi.

Hisob-kitoblar uchun sizga kalkulyator kerak boʻladi.