Формат обучения: online

Даты мероприятия: доступен постоянно

Стоимость: бесплатно

Доступ с текущей даты на 60 дней.

Обучение доступно для финансовых организаций стран региона.

"Korporativ boshqaruv va xatarlarni boshqarishga kirish" kursi keng ko'lamli tinglovchilar, turli darajadagi menejerlar, xususan, korporativ boshqaruv tizimi va xatarlarni boshqarish tizimining umumiy va keng ko'rinishi bilan tanishmoqchi bo'lgan moliyaviy tashkilotlar xodimlari uchun mo'ljallangan. Xatarlarni boshqarish korporativ boshqaruv tizimining zarur qismidir. Samarali korporativ boshqaruv va samarali xatarlarni boshqarish tashkilotni kuchliroq va barqaror qiladi, bu esa o'z navbatida uning investitsion jozibadorligini oshiradi.

Qulaylik uchun kurs uchta tematik darsga bo'lingan. Kursning birinchi darsi korporativ boshqaruv mavzulariga qaratilgan. Trening davomida siz quyidagi mavzularni o'rganasiz:

  • Korporativ boshqaruv nima?
  • Korporativ boshqaruvni tadbiq etish effektlari
  • Samarali korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari

Ikkinchi dars xatar tushunchasi bilan tanishish va savollarga javoblarga bag'ishlangan:

  • Xatar nima?
  • Xatarlarni boshqarish nima?
  • Xatarlarni kim boshqaradi?
  • Nima uchun xatarlarni boshqarish kerak?
  • Xatarlarni boshqarishning asosiy afzalliklari nimada?

Kursning uchinchi darsi moliyaviy tashkilotlarda xatarlarni boshqarish mavzulariga qaratilgan. Ushbu darsni o'rganish jarayonida siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • moliyaviy tashkilotda xatarlarni boshqarishning uchta darajasi to'g'risida
  • xatarlarni boshqarishda uchta himoya chizig'i tushunchasi haqida
  • ERM COSO xatarlarni boshqarish bo'yicha xalqaro standart haqida

Barcha mavzularni o'rganish natijalariga ko'ra yakuniy testdan o'tish taklif etiladi.